“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Namanganlik pillakorlar kuzgi hosilni yig‘ishni boshladi

2022-03-29 16:33:56

Namanganlik pillakorlar kuzgi hosilni yig‘ishni boshladi

Namangan viloyati pillakorlari ipak qurti parvarishining uchinchi va to‘rtinchi mavsumlarini ham ko‘tarinkilik bilan o‘tkazishmoqda.

 

                     
Sababi joriy mavsumlarda viloyatdan jami 10 mingga yaqin aholi pilla yetishtirish jarayonlariga qamrab olindi. Uchinchi mavsum uchun jonlantirilgan 3 360 quti ipak qurti urug‘i kasanachilar tomonidan parvarish qilinib, shu kunlarda hosil yig‘ib olinishi boshlandi.
Pillakorlar joriy mavsumda 134 tonna pilla xomashyosini yig‘ib olishni maqsad qilishgan. Viloyatdagi pillachilik klasterlari tomonidan kasanachilarga har 1 kg pilla uchun 22 400 so‘mdan 30 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ish haqi tarozining ustida to‘lab beriladi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati