Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasida uyushma boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari O.Jumayev boshchiligida uyushma boshqarma boshliqlari, hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari va ta'sischilari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda joriy yilning yanvar oyi uchun eksport ko'rsatkichlarining bajarilishi, ipak qurti urug'lari uchun avans to'lovlarining to'lanishi hamda to'lov intizomi masalalari yuzasidan atroflicha kelishib, tegishli topshiriqlar berildi.