“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ipakchilik tarmog'ida Rossiya Federatsiyasining Moskva Fizika-texnologiya instituti bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

2023-01-23 19:01:58

Pillachilik hali ko‘p qirralari ochilmagan soha sifatida o‘zini namoyon qilib bormoqda. Bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlari tomonidan nafaqat ipak va ipakli mahsulotlar yetishtirish, undan tayyor kiyim-kechak va boshqa turdagi sanoat mahsulotlari olish yo‘lga qo‘yilgan, balki ipak qurti va pilla xomashyosidan, uning ikkilamchi mahsulotlaridan meditsina, kosmetologiya sanoati, harbiy sanoatda turli mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda va foydalanilmoqda.

 

Joriy yilning 23-yanvar kuni Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida ipak qurtining urug‘lik va qurtlik davrida molekulyar genetik tadqiqotlar olib borish orqali, uning genomidagi xromosomalariga transgen vektorlarlarni o‘tkazish, yaʼni genetik taʼsir qilinishi natijasida farmakologiyada keng foydalaniladigan interferon moddasini olish va undan meditsina maqsadlarida foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining “BIOTEXSHELK” konsorsiumi vakillari ATLANT-C co LTD prezidenti Sokotniyak Vitaliy Dmitriyevich, Kompaniya Prezidentining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Teslenko Gennadiy Stepanovichlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Uchrashuvda istiqbolda Rossiya Federatsiyasining Moskva Fizika-texnologiya instituti, Rossiya Federatsiyasi Ximiya-fizika instituti, Stavropol o‘lkasi naslli urug‘lik stansiyasini jalb etgan holda bizning Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan institutda yaratilgan ipak qurtining noyob partenoklon zotlarini parvarishlash va uning ustida genetik tadqiqotlar olib borish orqali birgalikda farmatsevtika yo‘nalishida foydalanish imkonini beruvchi kimyoviy birikmalarni olish yuzasidan kelishuvga erishildi.