Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasi boshqaruv raisi o'rinbosari H.Ochilov boshchiligida mahalliy ipak qurti urug'larini korxonalar o'rtasida taqsimlash masalasi yuzasidan ZOOM platformasi orqali online yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari hamda urug'chilik korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Kelayotgan yangi pillachilik mavsumida qaysi korxona qaysi urug'chilik korxonalaridan qancha miqdorda urug' olishi hamda to'lovning avans qismini to'lab berish masalalari yuzasidan atroflicha kelishib olindi.