“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi

2023-01-23 12:58:50

Bugun "O'zbekipaksanoat" uyushmasida uyushma boshqaruv raisi o'rinbosari M.Xakimov boshchiligida uyushma boshqarma boshliqlari, hududiy "Agropilla" MCHJ rahbarlari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari va ta'sischilari ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilish tanqidiy ruhda o'tkazilib, unda joriy yilning 13-yanvar kuni "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi B.Sharipov boshchiligida bo'lib o'tgan yig'ilishda nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosi muhokama etildi.

Shuningdek, joriy yilda Respublikaning barcha tumanlarida chuqur qayta ishlash liniyalari o'rnatilishi, yangi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug'lariga to'lovlarning avans qismini to'lash hamda to'lov intizomi masalalari yuzasidan kelishib olindi.