“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Payariq tumaida ham "Payariq ipagi" pillani qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi

2022-12-24 11:31:32


 
Navbatdagi yana bir yirik "Payariq ipagi" MCHJ pillani qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi.

 
 
Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan mazkur  loyiha qiymati 1 million dollarga teng boʻlib, unda 11 mingga yaqin doimiy va mavsumiy ishchi oʻrni yaratilgan. Shundan doimiy ishchilar soni 9 ming 255 nafar, mavsumiy 1 ming 289 nafarni tashkil etadi. 

 

Yangi korxonaning pillani qayta ishlash liniyasining yillik quvvati 72 tonna.  

 

Korxonada mavjud tutzorlar 408,2 gektarni tashkil etib, joriy yilda 812 ming dona tut koʻchati ekildi. Mavjud yakka qator tut koʻchatlari esa 1 ming 340 tupni tashkil etadi. 

 

Mazkur yangi korxonada ham har 20 gektar tutzorlar qoshida maxsus ipak qurtini parvarishlash inshootlari barpo etildi. Har bir qurtxonada 35 qutidan ipak qurti urugʻi parvarishlanadi. Jami parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi esa 5 ming 180 qutini tashkil etadi. 

 

Ishlab chiqariladigan xom ipak eksporti qiymati 1 mln 68 ming dollar, ipak momigʻining eksport qiymati 267 ming dollar, jami eksport qiymati esa 1 mln 335 ming dollar hisobida rejalashtirilgan.