“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

“Ishtixon silk” korxonasi orqali 12 mingdan ortiq ishchi o‘rni yaratildi 

2022-12-24 11:28:49

 

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida navbatdagi yana bir yirik pillani qayta ishlash “Ishtixon silk” MChJ korxonasi o‘z faoliyatini boshladi. 

 

"O'zbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha qiymati 2 million dollarga teng bo‘lib, unda 12 mingdan ortiq doimiy va mavsumiy ishchi o‘rni yaratilgan. 

 

Korxonaning pillani qayta ishlash liniyasining yillik quvvati 72 tonnani tashkil etadi.  

 

Korxona tasarrufida 403,8 gektar tutzor mavjud bo‘lib, har 20 gektar tutzorlar qoshida maxsus ipak qurtini parvarishlash inshootlari, ya'ni, qurtxonalar barpo etilgan.

 

Har bir qurtxonada 35 qutidan ipak qurti urug‘i parvarishlanadi. Jami parvarishlanadigan ipak qurti urug‘i esa 6 ming 100 qutini tashkil etadi. 

 

Mazkur korxona eksport salohiyatiga ham salmoqli hissa qo‘shib, 2 million 93,5 ming dollarlik eksport qiymatiga teng hisoblanadi.