Xorazm viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ipak qurti urugʻlari uchun zaxira bazasi yaratish, pilla hosilini moʻl-koʻl boʻlishi uchun zamin tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga viloyatning barcha tumanlarida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida maydonlarni ekishga tayyorlash, koʻchatlarni ekish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Viloyatda 2022-yilning oʻzida 9 mln.ga yaqin tut koʻchatlari ochiq maydonlar, dala chetlari va tutqator oralariga ekish rejalashtirilgan.