Joriy yilning 20-oktyabridan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlikka start berildi.
“Yashil makon” doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023-yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi.
Ushbu umummilliy loyiha asosida Namangan viloyatida ham ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik boshlangan.
Viloyatda 2022-yil davomida 9 mln. 20 ming tup tut ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Shundan 5 mln 414 ming tupi bahorgi mavsumda ekilgan bo‘lsa, 3 mln. 605 ming tupi kuzgi mavsumda ekish ko‘zda tutilgan va bu borada amaliy ishlar boshlangan.