“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Hududlardagi ishchi guruhlar bilan ZOOM orqali videomuloqot bo'lib o'tdi

2022-09-29 17:05:24



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiya ajratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-dekabrda 773 sonli qarori qabul qilingan. 

 

Mazkur qarorga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi tomonidan 122 milliard so'm subsidiya mablag'lari o'z vaqtida tadbirkorlar hisobiga o'tkazib berilgan.

 

Ushbu amaliyot tizimda birinchi bor qo'llanilayotganligi uchun uning qonuniy tarzda ishlatilishi, o'z egalariga yetib borishi haqida bir necha bor videokonferensaloqa orqali o'tkazilgan yig'ilishlarda ta'kidlangan. 

 

Joriy yilning 28-sentyabr sanasi kuni 4-bor "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, hududlarda subsidiya mablag'larining to'gri ishlatilishi yuzasidan taftish ishlari boshlandi.

 

Bugun Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi Raisi B.Sharipov boshchiligida hududlardagi ishchi guruhlar bilan birgalikda ZOOM orqali videomuloqot bo'lib o'tdi.

 

Muloqotda birinchi kungi o'rganish ishlari yuzasidan hisobotlar tinglandi va qo'mita Raisi tomonidan ishchi guruhlarga ishni shaffof tashkil qilish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

 

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi Matbuot xizmati