“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

O'zbekipaksanoat uyushmasi vakillarining navbatdagi manzili -  elchixona

2022-09-27 15:26:49



Joriy yilning 26-sentyabrida "O'zbekipaksanoat" uyushmasi vakillari Yaponiya davlatidagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasida bo'ldilar.

 

U yerda Yaponiyalik ipakchilik sohasi mutaxassislari, delagatsiya a'zolari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi elchisining xususiy biznesni rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi J.Turg'unov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvda o'zbek ipak mahsulotlarini Yaponiyaga eksport qilishda hamkorlik masalalari kelishib olindi.

 

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi Matbuot xizmati