"UZBEKIPAKSANOAT" ASSOCIATION OF UZBEK SILK INDUSTRY
Hotline phone: +99871 267 23 63
Find us in social networks:

 

 

[OKOZ:

 

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]

 

[TSZ:

 

1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

So‘nggi yillarda respublikada pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmog‘i korxonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pilla xomashyosi yetishtirish hajmini oshirish, uni qayta ishlash hisobiga eksportbop ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, shuningdek, respublikamizning chekka hududlaridagi aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash imkonini berdi.

Shu bilan birga, jahon bozori konyunkturasining tez fursatlar bilan o‘zgarib borayotganligi, iste’molchilarning talablari kuchayayotganligi, shuningdek, xorijiy bozorlarda o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talab oshayotganligi pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishini talab qilmoqda.

Pillachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usulini keng joriy etish, pillani chuqur qayta ishlashda investitsiyalar hajmini oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida:

  1. Quyidagilar:

pillachilik klasterini tashkil etishda korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

pillachilik klastyerlarini tashkil etadigan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

2019 — 2025-yillarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

2019 — 2021-yillarda pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

pillachilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

2022-yil 1-avgustga qadar pillachilik tarmog‘i korxonalariga (ularning vakolatli vakillariga) 6-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlarni AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan pilla yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida pilla yetishtiruvchi subyektlarga (ularning roziligi bilan) avans hisobiga keyinchalik tayyorlanadigan pilla uchun to‘lov summasiga o‘tkazgan holda yetkazib berilgan tut ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslari hamda tut ko‘chatlari qiymati tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb hisoblanmaydi;

lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslarini yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar hamda tartib pillachilik tarmog‘i korxonalariga ham tatbiq etiladi;

2020-yil 1-yanvardan boshlab tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimalarning 50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut ko‘chatlarini ekish uchun maqsadli yo‘naltiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5587-son Farmoni 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar 2021-yil 1-yanvarga qadar xom ipak (TIF TN kodi 5002) va ipak momig‘i (TIF TN kodi 5003) mahsulotlariga ham tatbiq etiladi. Bunda, imtiyozlarni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4047-son qarori 5-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etish tartibi loyihalar qiymati va sonidan qat’i nazar pilla yetishtirishni, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va kasanachilarga bo‘nak berishni, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishni hamda qurilish va rekonstruksiya ishlarini moliyalashtirish maqsadlari uchun ham tatbiq etiladi va mazkur tartibning amal qilish muddati 2023-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.

  1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi:

hududlarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan tut ko‘chatlarining ekilishi, ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish, pillani chuqur qayta ishlash, ipak, ipak momig‘i va ipakdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining to‘liq bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borsin;

tut ko‘chatlarini ekish, ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurish, pilla yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar bo‘yicha ularga taqdim etilgan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;

tirik pilla yetishtiruvchilardan yetishtirilgan tirik pillani sotib olish (ularning tirik pilla yetishtirish xizmati) narxini 2020-yildan kamida 20 foizga, 2021-yildan yana kamida 10 foizga oshirish choralarini ko‘rsin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2020-yil 1-yanvarga qadar fermer va dehqon xo‘jaliklariga, qishloq xo‘jaligi hamda paxtachilik-to‘qimachilik klastyerlariga yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorlarda hamda yer uchastkalari ijarasi shartnomalari (shu jumladan oldin qabul qilingan qarorlar va tuzilgan shartnomalarda) “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mazkur yer uchastkalaridagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari chetida va yo‘l bo‘yida joylashgan tut daraxtlaridan pilla yetishtirish uchun ozuqa sifatida foydalanish huquqi nazarda tutilishini ta’minlasin.
  2. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida naslli ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi muassasalari (keyingi o‘rinlarda - muassasalar) tashkil etilsin.

Belgilansinki, muassasalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish:

ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

  1. Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda muassasalarga davlatga tegishli bo‘sh turgan binolarda ijara haqining “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydonlarni ajratsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimalarning 50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut ko‘chatlarini ekish uchun maqsadli yo‘naltirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2019-yil 1-noyabrga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlari dalalari chetidagi va yo‘l bo‘yidagi tut daraxtlarini xatlovdan o‘tkazib, qat’iy hisobini yuritish va ularni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Tut ipak qurti ekologiyasi va kimyoviy zaharlanish profilaktikasi” laboratoriyasini tashkil etsin.
  2. 2022-yil 1-avgustga qadar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ipak qurti urug‘larini, istisno tariqasida, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilsin hamda olib chiqilishi natijasida tayyorlangan pillalarni respublika hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda mahalliy ipak mahsulotlari eksport qilinayotgan xorijiy davlatlarning bojxona tarif stavkalarini tahlil qilib, ularni kamaytirish masalalarini ushbu davlatlar bilan o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) kun tartibi va yakuniy bayonnomalari loyihalariga kiritish;

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga xorijiy davlatlarda ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish bo‘yicha xarajatlarini kompensatsiya qilish choralarini ko‘rsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik tarmog‘i korxonalarining elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulanganligi hamda uzluksiz ta’minlanganligi holatini o‘rganib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
  2. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga pillachilik tarmog‘ida hunarmandchilik va kasanachilik uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni hamda islohotlarni amalga oshirish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, maqolalar chop etish, teleradiodasturlarni efirga uzatish hamda Internet tarmoqlariga joylashtirish tavsiya etilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 31-iyul,

PQ-4411-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
1-ILOVA

Pillachilik klasterini tashkil etishda korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari

Ro‘yxati

 

T/r

Faoliyat turi

iFUT bo‘yicha kodi

1.

Tut niholi va ko‘chati yetishtirish

01119

2.

Ipak qurtini ko‘paytirish

01251

3.

Ipak tolalarini tayyorlash va yigirish

17150

4.

Ipak gazlama ishlab chiqarish

17240

5.

Tut choyi ishlab chiqarish

15860

6.

Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish

17510

7.

Ipak gazlamadan tayyor kiyimlar ishlab chiqarish

18240

Izoh: Mazkur ro‘yxatga, zarurat bo‘lganda, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

Pillachilik klastyerlarini tashkil etadigan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar

RO‘YXATI

 

 

T/r

Pillani qayta ishlash korxonalari nomi

Biriktirilgan hududlar nomi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Jayhun Silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Amudaryo

Qonliko‘l

Nukus

Xo‘jayli

Shumanay

Taxiatosh

Kegeyli

Chimboy

2.

“Bustan silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Ellikqal’a

3.

“Biy Bazar Silk Carpets” mas’uliyati cheklangan jamiyat

To‘rtko‘l

4.

“KKR IPAK CLUSTER” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Beruniy

Andijon viloyati

5.

“Andijan silk co” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi

Paxtaobod

Izboskan

Andijon

Marhamat

6.

“Asaka ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Asaka

7.

“Oltinko’l zar ipagi “ mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oltinko‘l

8.

“Andijon-xanoy ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Baliqchi

Bo‘z

Ulug‘nor

9.

“Xarir tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jalaquduq

Qo‘rg‘ontepa

Buloqboshi

10.

“Sapfir sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Xo‘jaobod

Shahrixon

Buxoro viloyati

11.

“Bukhara brilliant silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Peshku

Shofirkon

12.

“Romstar” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Amerika-Rossiya qo‘shma korxonasi

Romitan

Jondor

13.

“Kumushkent ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Vobkent

Kogon

14.

“Silk Service” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Buxoro

15.

“Olot ipak tolasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Olot

16.

“Qorako’l ipak cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qorako‘l

17.

“G’ijduvon ipag tola” mas’uliyati cheklangan jamiyat

G‘ijduvon

Jizzax viloyati

18.

“Silk expert processing” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Forish

Do‘stlik

Zafarobod

Paxtakor

19.

“Al Abbos silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Arnasoy

Mirzacho‘l

20.

“Zomin asl ipak tolasi” xususiy korxonasi

Baxmal

Zomin

Zarbdor

Sh. Rashidov

Yangiobod

21.

“G’allaorol silk eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyat

G‘allaorol

Qashqadaryo viloyati

22.

“Radiant silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

G‘uzor

Dehqonobod

Qamashi

Qarshi

Mirishkor

Muborak

Nishon

23.

“Shakhrisabz silk production” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Kitob

Shahrisabz

24.

“Yakkabog’ silk production” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yakkabog‘

25.

“Chiroqchi-tolasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chiroqchi

26.

“Koson silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Koson

27.

“Kasbi silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Kasbi

Navoiy viloyati

28.

“Al-aziz ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Konimex

Navbahor

29.

“Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi

Xatirchi

30.

“Ipak qurti urug‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Karmana

31.

“Qiziltepa Pillachilik” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qiziltepa

32.

“Navoiy silk production 2020” mas’uliyat� cheklangan jamiyat

Nurota

Namangan viloyati

33.

“Verigrow ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Mingbuloq

Chust

Kosonsoy

34.

“Golden silk” sho‘ba korxonasi

Namangan

35.

“Fabrictex” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Norin

Uchqo‘rg‘on

36.

“Marjon tola fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Uychi

37.

“Zilol silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

To‘raqo‘rg‘on

38.

“Sof ipak invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chortoq

Pop

39.

“Silkrow” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yangiqo‘rg‘on

Samarqand viloyati

40.

“Kumush tola” xususiy korxonasi

Kattaqo‘rg‘on

41.

“Samarkand silk ao” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Narpay

42.

“Elbek t.r.j” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Pastdarg‘om

Samarqand

Nurobod

43.

“Oqdaryo ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oqdaryo

44.

“Ziyovuddin silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Paxtachi

45.

“Jomboy silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jomboy

Qo‘shrabot

46.

“Zar oltin pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bulung‘ur

47.

“Tayloq ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Tayloq

48.

“Payariq ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Payariq

49.

“Urgut Silk Fiber Company” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Urgut

50.

“Ishtixon silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Ishtixon

Sirdaryo viloyati

51.

“Agro global” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona

Oqoltin

Boyovut

Sayxunobod

Guliston

Sardoba

Sirdaryo

Mirzaobod

Xovos

Surxondaryo viloyati

52.

“Surxon ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Angor

Boysun

Qiziriq

Muzrabot

Sherobod

Bandixon

53.

“Inter silk pro” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi

Termiz

Oltinsoy

Sho‘rchi

54.

“Sino silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Denov

Uzun

Sariosiyo

55.

“Silk village” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Jarqo‘rg‘on

56.

“Silk town” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Qumqo‘rg‘on

Toshkent viloyati

57.

“Ravnaq-silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi

Bekobod

58.

“Turan silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Oqqo‘rg‘on

59.

“Tashkent Silk Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bo‘ka

60.

“Bio Farm Elit” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Yangiyo‘l

61.

“Jinjuz silk co” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Ohangaron

Piskent

62.

“Oltin pilla 2020” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Chinoz

O‘rtachirchiq

Yuqorichirchiq

63.

“Javoxir Silver Silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bo‘stonliq

Qibray

64.

“TCT Agrocluster” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Quyichirchiq

Farg‘ona viloyati

65.

“Nurli tong silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

O‘zbekiston

Qo‘shtepa

Furqat

Quvasoy sh.

Rishton

66.

“Beshariq ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Beshariq

67.

“Dang’ara ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Dang‘ara

68.

“Silk World Business” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bag‘dod

69.

“Kapital investkom” mas’uliyati cheklangan jamiyat qoshidagi “Vodil ipak yigiruv” sho‘ba korxonasi

Oltiariq

Farg‘o�a

Farg‘ona sh.

Quva

Buvayda

70.

“Toshloq silk” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Toshloq

Yozyovon

71.

“Vodiy marjoni” xususiy korxonasi

So‘x

72.

“Uchko’prik ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Uchko‘prik

Xorazm viloyati

73.

“Khiva silk fabric” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Gurlan

Qo‘shko‘pir

Xiva

Yangibozor

74.

“Xorazm pilla xolding” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Urganch

Xonqa

Yangiariq

Hazorasp

Tuproqqal’a

75.

“Bog’ot Silk Co” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Bog‘ot

76.

“Shovot pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyat

Shovot

 

 

Izoh: Mazkur ro‘yxatga, zarurat bo‘lganda, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
3-ILOVA

2019 — 2025-yillarda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha

PROGNOZ PARAMETRLARI

 

T/r

Mahsulotlar nomi

O‘lchov birligi

2018-y. (haqiqatda)

2019-y. (prognoz)

2020-y.
(prognoz)

2021-y.
(prognoz)

2022-y.
(prognoz)

2023-y.
(prognoz)

2024-y.
(prognoz)

2025-y.
(prognoz)

O‘sish sur’ati %,
(2018 — 2025-yillar oralig‘ida)

I.

Xom, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi

ming AQSh doll. ekv.

172472,2

193364,3

291995,5

372570,6

441374,8

600956,8

776902,1

977936,7

5,7baravar

1.

Tirik pilla

tonna

18000

19250

24750

27500

28050

28600

29500

30000

1,7 baravar

2.

Xom ipak

tonna

1910

2037

2619

2 910

2968,2

3027,6

3118,4

3180,8

1,7baravar

3.

Ipak momig‘i

tonna

511,3

679

873

970

989,4

1009,2

1039,5

1060,3

2,1baravar

4.

Kalavalangan ipak ip

tonna

261,3

359,3

770

998,2

1309

1 631,9

1833,6

2182

8,4baravar

5.

Ipak mato

ming p.m

2933

4033

8643

11204

14398,7

17 950,4

20169,8

24002

8,2baravar

6.

Ipak gilamlari

dona

60

90

129

528

1254

1 568

1960

2450

40,8baravar

7.

Tayyor ipakli mahsulot

ming dona

60,5

403,3

770,5

1145,1

1977

5 522,5

6931

12557,3

207,6baravar

II.

Ipak mahsulotlarining eksport hajmi

ming AQSh doll.

50737,2

65209,2

73812,3

86670

151886,7

216 490,3

336650,5

515922,1

10,2baravar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
4-ILOVA

2019 — 2021-yillarda pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

RO‘YXATI

 

mln. AQSh dollar

T/r

Loyihalar va tashabbuskorlar nomi

Yillik loyiha quvvati

Amalga oshirish muddati

Jami loyiha qiymati

shu jumladan, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha

o‘z mablag‘lari

tijorat banklari kreditlari

xorijiy investitsiya

Jami (59 loyiha)

151,5

67,4

48,1

36,0

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3 ta loyiha)

6,3

2,9

2,9

0,5

1.

“Asia Silk” ShK da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2020yil
4-chorak

1,3

0,7

0,6

 

Ipak momig‘i — 18,4tn

2019yil
4-chorak

2.

“Bustan silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2019-yil
3-chorak

4,0

2,0

2,0

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 50 kv.metr

2020-yil
2-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

3.

“Turtkul Silk worm Rro” MChJda sanoatbop ipak qurti urug‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoatbop ipak qurti urug‘i — 20 ming quti

2020-yil
2-chorak

1,0

0,25

0,25

0,5

Andijon viloyati (7 ta loyiha)

12,2

6,4

3,0

2,8

4.

“Andijan silk co” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 691,2 ming p.m.

2019yil
4-chorak

3,0

2,5

 

0,5

5.

“Royal silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 150 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

0,7

0,7

 

 

Ipak momig‘i — 9,2 tn

2020-yil
2-chorak

6.

“Andijon-xanoy ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2020yil
4-chorak

1,4

0,7

0,7

 

Ipak momig‘i — 27,6tn

2020-yil
1-chorak

7.

“Xarir tola” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 82,8 ming p.m.

2020yil
4-chorak

0,4

0,4

 

 

8.

“Sapfir sanoat” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 150 ming p.m.

2020yil
4-chorak

0,7

0,4

0,3

 

Ipak momig‘i — 9,2 tn

2020-yil
2-chorak

9.

“JM Silk Production” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2019-yil
3-chorak

5,0

1,5

1,5

2,0

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 50 kv.metr

2020-yil
2-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

10.

“RK Silk Corporation” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Eshilgan ipak ip — 9,2 tn

Ipak mato — 165,8 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

1,0

0,2

0,5

0,3

Buxoro viloyati (3 ta loyiha)

38,0

10,0

8,0

20,0

11.

“Bukhara brilliant silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 500 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

35,0

7,5

7,5

20,0

Ipak matoga rang berish va gul bosish — 150 ming p.m.

2020-yil
3-chorak

Ipakli tayyor kiyim-kechak —
600 ming dona

2021-yil
3-chorak

12.

“Romstar” MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 600 ming p.m.

2020yil
4-chorak

2,0

1,5

0,5

 

13.

“Kumushkent ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 225 ming p.m.

2019yil
4-chorak

1,0

1,0

 

 

Jizzax viloyati (3 ta loyiha)

5,7

2,9

2,2

0,6

14.

“Silk expert processing” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2020-yil
2-chorak

1,3

0,7

 

0,6

Ipak mato — 276,5 ming p.m

2021-yil
1-chorak

15.

“Zomin Teks Eksport” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
3-chorak

4,0

2,0

2,0

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn
Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3 -chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m .

2021-yil
4-chorak

16.

“Zomin asl ipak tolasi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m

2021-yil
1-chorak

0,4

0,2

0,2

 

Qashqadaryo viloyati (3 ta loyiha)

7,7

6,4

1,3

 

17.

“Radiant silk” MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 165,6 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

0,7

0,4

0,3

 

18.

“Shakhrisabz silk production” MChJ Shaxrisabz tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
3-chorak

5,0

5,0

 

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.
Ipak gilam — 35 kv.metr

2021-yil
4-chorak

19.

“Shakhrisabz Silk worm Rro” MChJda sanoatbop ipak qurti

urug‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoatbop ipak qurti urug‘i — 20 ming quti

2019-yil
4-chorak

2,0

1,0

1,0

 

Navoiy viloyati (4 ta loyiha)

2,5

1,4

1,1

 

20.

“Al-aziz ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 150 ming p.m.

2020yil
4-chorak

0,7

0,4

0,3

 

21.

“Xatirchi pilla xazinasi” XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2020yil
4-chorak

1,3

0,7

0,6

 

22.

“Qiziltepa pilla xazinasi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2020yil
4-chorak

0,3

0,2

0,1

 

23.

“Ipak qurti urug‘i” MChJda ipak qurti urug‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoatbop ipak qurti urug‘i — 20 ming quti

2020-yil
2-chorak

0,2

0,1

0,1

 

Namangan viloyati (6 ta loyiha)

11,7

6,4

4,8

0,5

24.

“Verigrowipagi” MChJ QKda ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 82,8 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

0,5

 

 

0,5

25.

“Golden silk” ShKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2019-yil
4-chorak

5,0

2,6

2,4

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 50 kv.metr

2020-yil
2-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

26.

“Fabristex” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipakli tayyor kiyim-kechak — 1000 dona

2020-yil
1-chorak

0,3

0,3

 

 

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2020-yil
3-chorak

27.

“Marjon tola fayz” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2020-yil
3-chorak

0,3

0,3

 

 

28.

“Oydin ko‘l savdo servis” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2020-yil
2-chorak

0,6

0,6

 

 

Ipak momig‘i — 9,2 tn tn

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2020-yil
2-chorak

Ipak eshish — 12,9 tn

2020-yil
2-chorak

29.

“Sof ipak invest” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2019-yil
4-chorak

5,0

2,6

2,4

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 50 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
4-chorak

Samarqand viloyati (7 ta loyiha)

8,5

5,1

2,7

0,7

30.

“Singapore — Samarkand” MChJda ipak mato ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m

2020-yil
2-chorak

0,3

 

 

0,3

31.

“Sam global silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m

Eshilgan ipak ipi — 46 tn

2021-yil
2-chorak

0,4

 

 

0,4

32.

“Kumush tola” XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 150 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

0,7

0,7

 

 

33.

“Samarkand silk ao” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
3-chorak

5,0

3,0

2,0

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

34.

“Jiloi malika” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

0,9

0,4

0,5

 

35.

“Elbek t.r.j” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 150 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

0,7

0,7

 

 

Ipak momig‘i — 9,2 tn

2019-yil
4-chorak

36.

“Oqdaryo ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

2020-yil
3-chorak

0,5

0,3

0,2

 

Ipakli tayyor kiyim-kechak —
1 000 dona

2020-yil
4-chorak

Sirdaryo viloyati (1 ta loyiha)

2,0

2,0

 

 

37.

“Agro global” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2021-yil
2-chorak

2,0

2,0

 

 

Ipak mato — 345,6 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

Ipak momig‘i — 18,4 tn

2020-yil
4-chorak

Surxondaryo viloyati (4 ta loyiha)

16,4

5,2

7,0

4,2

38.

“Surxon ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 72 tn

2020-yil
2-chorak

1,0

1,0

 

 

Ipakli tayyor kiyim-kechak —
405 000 dona

2019-yil
4-chorak

39.

“Inter silk pro” MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

G‘umbak yog‘i — 9 tn

2021-yil
2-chorak

0,4

0,2

 

0,2

40.

“Sino silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2020-yil
2-chorak

5,0

2,0

3,0

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

41.

“Silk Road Text” MChJda ipakli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 120 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

10,0

2,0

4,0

4,0

Ipak matoga rang berish va gul bosish — 120 ming p.m.

Ipak gilam — 60 kv.metr

2020-yil
4-chorak

Ipakli tayyor kiyim-kechak —
10 000 dona

2021-yil
2-chorak

Toshkent viloyati (9 ta loyiha)

18,8

7,0

6,3

5,5

42.

“Ravnaq-silk” MChJ QKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak matoga rang berish va gul bosish — 350 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

0,7

0,7

 

 

43.

“Turan silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipakdan yoping‘ichlar ishlab chiqarish — 5 00 dona

2020-yil
1-chorak

0,2

0,1

0,1

 

44.

“Bio Farm Elit” MChJ tomonidan Yangiyo‘l tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

2,0

1,0

1,0

 

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn
Ipak gilam — 35 kv.metr

Tut bargidan choy — 10 tn

2020-yil
2-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

45.

“Bio Farm Elit” MChJ tomonidan Chinoz tumanida ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

3,0

1,5

1,5

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

46.

“Jinjuz silk co” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
3-chorak

5,5

 

 

5,5

Eshilgan ipak ipi — 9,2 tn

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

47.

“Oqqo‘rg‘on-ipagi” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

2,4

1,2

1,2

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

48.

“Pure Silk Fabric” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

2,0

1,0

1,0

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

49.

“Jm boston silk” MChJda sanoatbop ipak qurti urug‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoatbop ipak qurti urug‘i — 20 ming quti

2020-yil
2-chorak

1,0

0,5

0,5

 

50.

“Toshkent Silk Pro” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

2,0

1,0

1,0

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

Farg‘ona viloyati (5 ta loyiha)

12,7

6,3

5,7

0,7

51.

“Nurli tong silk” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2019-yil
4-chorak

5,0

3,0

2,0

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

52.

“Vodil ipak yigiruv” ShKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

1,3

0,6

 

0,7

53.

“Marg‘ilon silk vats” XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 82,8 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

0,7

 

0,7

 

Ipak matoga rang berish va gul bosish — 55,2 ming p.m.

2020-yil
1-chorak

54.

“Yodgorlik” MChJda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
4-chorak

5,0

2,0

3,0

 

Ipak gilam — 35 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

55.

“Vodiy marjoni” XKda ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 24 tn

2020-yil
3-chorak

0,7

0,7

 

 

Ipak momig‘i — 27,6 tn

2020-yil
4-chorak

Ipak mato — 150 ming p.m.

2019-yil
4-chorak

Xorazm viloyati (4 ta loyiha)

9,0

5,4

3,1

0,5

56.

“Xorazm ipagi” MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak mato — 300 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

1,3

0,7

0,6

 

57.

“Khiva silk fabric” MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Ipak momig‘i — 27,6tn

2021-yil
2-chorak

1,7

1,7

 

 

Ipak mato — 345,6 ming p.m.

2020-yil
4-chorak

58.

“Xorazm pilla xolding” MChJ da ipakli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

Xom ipak — 48 tn

2019-yil
4-chorak

5,0

2,5

2,5

 

Ipak gilam — 40 kv.metr

2020-yil
3-chorak

Ipak mato — 55,2 ming p.m.

2021-yil
3-chorak

59.

“Urganch ipak qurti urugu” MChJda sanoatbop ipak qurti urug‘i ishlab chiqarishni tashkil etish

Sanoatbop ipak qurti urug‘i — 20 ming quti

2019-yil
3 -chorak

1,0

0,5

 

0,5

Izoh: Loyihalarning qiymati va moliyalashtirish manbalariga loyihalar bo‘yicha texnik iqtisodiy asoslantirish ishlab chiqilgandan so‘ng va shartnomalar imzolash natijalariga asosan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
5-ILOVA

Pillachilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy

ChORA-TADBIRLAR REJASI

Oldingi tahrirga qarang.

 

T/r

Chora-tadbir

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ul

Nazorat uchun mas’ul

1.

Mazkur qarorning 2-ilovasidagi ro‘yxat bo‘yicha hududlarga biriktirilgan korxonalarda pillachilik klastyerlarini tashkil etish va ularga tegishli hududlardagi tutzorlarni biriktirib berish.

2019-yil
1-dekabr

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Vahobov)

2.

Har bir hududda pillachilik klastyerlari uchun tutzorlar tashkil etish uchun 2019 — 2021-yillarda yer maydoni ajratish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish, shu jumladan:

2019-yilda — 5549 ga;

2020-yilda — 8699 ga;

2021-yilda — 5790 ga.

2019 — 2021-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (G‘aniyev)

3.

Pillachilik klastyerlarida mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiy faoliyat turlarini tashkil qilish choralarini ko‘rish.

2019 — 2021-yillar

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov)

4.

Hududlardagi gilamchilik va sanoat hunarmandchiligi bilan band bo‘lgan subyektlarni aniqlash va pillachilik klastyerlariga biriktirish.

2019-yil
1-oktabr

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

“Hunarmand” uyushmasi raisi (Abdullayev)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov, Vahobov)

5.

1. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida naslli ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi muassasalarini tashkil etish.

2. Tashkil etilgan naslli ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi muassasalariga davlatga tegishli bo‘sh turgan binolarda ijara haqining “nol” stavkasini belgilagan holda zarur maydonlarni ajratish.

2019-yil
1-oktabr



2019-yil
1-dekabr

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)



Farg‘ona (G‘aniyev), Samarqand (Turdimov), Xorazm(Ermanov), Qashqadaryo (Ro‘ziyev)
va Surxondaryo (Bobolov) viloyatlari hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Vahobov, Abdullayev)

6.

Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda 100 mln tup tut ko‘chatlarini ekish, shu jumladan:

2019-yilda — 20 mln tup;

2020-yilda — 40 mln tup;

2021-yilda — 40 mln tup.

2019 — 2021-yillar

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov, Vahobov)

7.

Tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimalarning
50 foizi huquqbuzarlik sodir etilgan hududda yangi tut ko‘chatlarini ekish uchun m�qsadli yo‘naltirish tartibini ishlab chiqish
va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kirish.

2019-yil
1-oktabr

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Qo‘chqorov), “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Vahobov)

8.

Pilla yetishtirish hajmini oshirish maqsadida qo‘shni davlatlarda mahalliy ipak qurtini parvarish qilishni joriy qilish va uni qayta ishlash uchun O‘zbekistonga olib kirish, shu jumladan:

2019-yilda — 5000 quti;

2020-yilda — 10000 quti;

2021-yilda — 15000 quti.

2019 — 2021-yillar

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov, Vahobov)

9.

Mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq pillachilik tarmog‘i korxonalariga investitsiyalarni jalb qilish orqali qo‘shimcha quvvatlarni tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Ganiyev)

10.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etib borilishini ta’minlash.

Murojaatga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (Ismoilov),

Tijorat banklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov)

11.

Tutzorlarga ishlov beruvchi pillachilik tarmog‘i korxonalariga lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa material resurslarini olishda fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar asosida berilishini ta’minlash.

Murojaatga asosan

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ (Otajonov),

“O‘zagrokimyohimoya” AJ (Isayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov, Vahobov)

12.

Pillachilik tarmog‘i korxonalariga mazkur qarorning 6-ilovasidagi mahsulotlarni AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish.

Murojaatga asosan

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(G‘aniyev, Qo‘chqorov)

13.

Pillachilik korxonalari tomonidan eksport qilingan xom ipak va ipak momig‘i mahsulotlari hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismifoyda solig‘idan ozod qilinishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltirilganligini doimiy monitoring qilib borish.

Doimiy

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev),

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov)

14.

Fermer va dehqon xo‘jaliklariga, qishloq xo‘jaligi hamda paxtachilik-to‘qimachilik klastyerlariga yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi qarorlarda hamda yer uchastkalari ijarasi shartnomalarida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mazkur yer uchastkalaridagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari chetida va yo‘l bo‘yida joylashgan tut daraxtlaridan pilla yetishtirish uchun ozuqa sifatida foydalanish huquqi nazarda tutilishini ta’minlash.

2020-yil
1-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xaitov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov)

15.

1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga xorijiy davlatlarda ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish bo‘yicha xarajatlarni kompensatsiya qilish tartibini ishlab chiqish;

2. Belgilangan tartib asosida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning xorijiy davlatlarda ko‘rgazma stendlarini tashkil qilish va xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish bo‘yicha xarajatlarini kompensatsiya qilib borish.

2019-yil
1-sentabr





Murojaat asosida

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)




O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov)

16.

Mahalliy ipak mahsulotlari eksport qilinayotgan xorijiy davlatlarning bojxona tarif stavkalarini tahlil qilib, ularni kamaytirish masalalarini ushbu davlatlar bilan o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlarva ishchi guruhlar) kun tartibiva yakuniy bayonnomalari loyihalariga kiritish.

Hukumatlararo komissiyalarning o‘tkazilishi grafigiga asosan

Tashqi ishlar vazirligi (Komilov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov), “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(G‘aniyev)

17.

Pillachilik tarmog‘i korxonalarining elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulanganligi hamda uzluksiz ta’minlanganligi holatini o‘rganib chiqib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil
1-oktabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), “O‘zbekneftgaz” AJ(Sidiqov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Obidjonov)va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi(Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sultonov)

18.

1. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan tut ko‘chatlarining ekilishi, ipak qurti urug‘i va pilla yetishtirish, pillani chuqur qayta ishlash, ipak, ipak momig‘i va ipakdan chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining to‘liq bajarilishini muntazam ravishda monitoring qilib borish;

2. Tut ko‘chatlarini ekish, ipak qurtini parvarishlash inshootlarini qurish, �illa yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar bo‘yicha ularga taqdim etilgan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish.

Doimiy








Zaruriyatga ko‘ra

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov)








“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (Sharipov),

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
(Qo‘chqorov, Vahobov)

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31 iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
6-ILOVA

Eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar

RO‘YXATI

 

T/r

Mahsulot nomi

Mahsulotning
TIF TN kodi

1.

Ipak gilamlari

5701101000, 5701901000

2.

Ipakdan yoki ipak chiqindilaridan to‘qilgan bo‘yalgan matolar

5007205900, 5007206900,

5007903000, 5007909000

3.

Ipak tolasi bilan to‘liq yoki qisman aralashmali paxtali matolar

5212139000, 5212149000

4.

Ipakdan qilingan trikotaj bluzkalar, bluzalar va boshqalar

6106903000

5.

Ipakdan qilingan ayollar ko‘ylaklari

6204491000

6.

Ipakdan qilingan bluzkalar, bluzalar va boshqalar

6206100000

7.

Ipakdan qilingan sholro‘mollar, sharflar va hokazo

6214100000

8.

Ipakdan qilingan galstuk, kapalak-galstuk va hokazo

6215100000

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4411-son qaroriga
7-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-son qarorining 7-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;”.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4047-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Pillachilik tarmog‘idagi loyihalarning qiymati, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tutzorlar barpo qilish, ipak qurti urug‘ini sotib olish, pilla yetishtirish, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va kasanachilarga bo‘nak berish, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish, qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019 — 2022-yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etish tartibi o‘rnatilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2022-yillar davomida har yili 100 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni tegishli yilning 1-fevraliga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiyalarni taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga o‘tkazib bersin.”.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2019-y., 07/19/4411/3500-son; 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)