“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

“Mavsum tugashiga ham ozgina vaqt qoldi. Lekin, bu borada qilingan ishlar ahvoli meni xavotirga solmoqda. Ayrim hududlarda hali ham ishlar nomigagina tashkil etilib, ko‘zbo‘yamachilik davom etayotgani to‘g‘risida menda ma’lumotlar yetarli”, dedi Prezident

2022-04-07 18:10:00

 

Prezident joylarda haqiqatda ekilmagan jami 5 million tup ko‘chatlarni hisobotda qo‘shib yozish holatlari borligini ta’kidlab o‘tdi.

Umuman, aprel oyi yakuniga qadar viloyat hokimlari tegishli idoralar bilan birga: 

- tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o‘rta mahallalarga – 10-15 ming, kichiklariga – 3-5 ming terak qalamchalari;

- shaharlarning har bir mahallasiga 3-5 ming terak qalamchalari ekilishini ta’minlashi;

- avtomobil yo‘llari bo‘yida kamida 5 million tup terak ko‘chatlari va qalamchalari ekishni tashkil qilishi shartligi ta'kidlandi.