“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Ishchi guruh Samarqand viloyatidagi mavsum ishlarini o‘rgandi

2022-04-06 16:47:15

 

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasining Samarqand  viloyatidagi ishchi guruhi tomonidan Pastdarg‘om tumanida tutlarning rivojlanishi o‘rganilib, hudud agronom va inkubistlari bilan ipak qurti urug‘ini jonlantirishga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 

Pastdarg‘om tumani ipakchilik klasteri sifatida "Elbek TRJ" korxonasiga biriktirib berilgan bo‘lib, 2022 yil bahor mavsumida 5000 quti ipak qurti parvarishlanib, 286 tonna pilla yetishtirish reja kilingan. 

 

Korxona tomonidan joriy yilda 120 ta doimiy va o‘n mingta mavsumiy ish o‘rni yaratiladi. Korxona tomonidan pilla xomashyosini kayta ishlash natijasida 2 mln. AKSH doll. miqdorida ipak xom-ashyosi va ipakli mahsulotlar eksporti amalga oshiriladi.