“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Xitoyning urug'chilik korxonasi direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2024-04-28 15:23:18

 

"O'zbekipaksanoat" uyushmasi Tutchilik va ipak qurti urug'chiligi boshqarmasi boshlig'i M.Jumaniyozov Xitoyning "Shangdong Guangtong Silkworm Eggs Co.,Ltd" urug'chilik korxonasi direktori Lian Haigang bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan maqsad, pilla yetishtirish mavsumi uchun Xitoydan import qilingan ipak qurti urug'larining qay darajada rivojlanganligi, kasalliklarga chalinmaganligini va boshqa omillar yuzasidan o'rganish ishlarini muhokama qilib olish bo'ldi.

Uchrashuvda ikki tomon manfaatlari uchun foydali bo'lgan talablar yuzasidan muzokara olib borildi. 

Janob Lian Haigang Respublikamiz bo'ylab boshqa viloyatlardagi ipak qurti urug'larini sifat darajasini tekshirish maqsadida o'rganish ishlarini olib borishi ko'zda tutilgan.