“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Probatsiya hisobida turuvchi, oilaviy ajrim yoqasida turgan yosh oila vakillari hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan suhbat qilindi

2024-04-28 15:20:50

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston-2030" strategiyasini Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas'ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.

Shunga asosan, "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisi v.b. I.Sayfullayev tashabbusi bilan "Yoshlar balansi'" asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo'lgan, alohida e'tibor talab etuvchi yoshlarning manzilli ro'yxati shakllantirildi va biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv Parkent tumanida, "O'zbekipaksanoat" uyushmasi raisining yoshlar siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi I.Atabayev boshchiligida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda probatsiya hisobida turuvchi, oilaviy ajrim yoqasida turgan yosh oila vakillari hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan suhbat qilindi, ularning muammolari o'rganildi.

Shuningdek, ularni band qilish va mehnatga layoqatini oshirish maqsadida tizimda faoliyat olib borishlari uchun takliflar berildi.