“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Urganch tumanida ham ipak qurti tarqatish boshlandi

2024-04-26 06:32:45

 

Urganch tumani hokimi G.Sultanov va sektor rahbarlari bilan birgalikda Urganch tumani "Cho'lobod" mahallasi aholisiga ipak qurti urug'larini tarqatish jarayonlari bilan tanishishdi.

Joriy yil pilla mavsumida Urganch tumanida 4 000 quti ipak qurti jonlantirilib, 216 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Urganch tumanida 10 dona inkubatoriya mavjud bo‘lib, ular orqali fermer xo‘jaliklari hamda qurt boquvchi kasanachilarga urug‘ tarqatish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.