“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Buxoroda mavjud tutzorlarni xatlovdan o‘tkazish boshlandi

2022-03-29 17:08:10

Buxoroda mavjud tutzorlarni xatlovdan o‘tkazish boshlandi

Joriy yilning 7 sentayabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi maslahatchisi M.Xakimov boshchiligidagi Ishchi guruh Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Ishchi guruh viloyatdagi mavjud tutzorlarni to‘liq qaytadan xatlovdan o‘tkazish va natijalari bo‘yicha ma'lumotlar tayyorlaydi.

Xatlov o‘tkazilishidan oldin Ishchi guruh vakillari Buxoro viloyati “Agropilla” MChJda viloyatdagi pillachilik klasterlari, “Agropilla” MChJ xodimlari va “Uzdavloyiha” instituti Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda viloyatdagi mavjud tutzorlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati