“O'zbekipaksanoat”
uyushmasi
Ishonch telefon raqami: +99871 267 23 63
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Surxondaryoda pilla terish va qabul qilish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

2022-03-29 17:06:00

Surxondaryoda pilla terish va qabul qilish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda
Shu kunlarda butun respublikamiz bo‘ylab ipak qurti parvarishining uchinchi va to‘rtinchi mavsumi jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida ham ipak qurti urug‘lari jonlantirilib, kasanachilar tomonidan parvarish qilinmoqda.

 

 

10 mingga yaqin kasanachilar mehnati evaziga 3 060 quti ipak qurti parvarishlandi. Mehnatkash pillakorlarimiz ushbu mavsumda har bir quti urug‘dan o‘rtacha 40 kg pilla hosili terib olmoqda.

 

 

Viloyatdagi pillachilik klasterlari tomonidan kasanachilarga har 1 kg pilla uchun 22 400 so‘mdan ish haqi tarozining ustida to‘lab berilayapti.

 

 

 

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati